2020 yil 1 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri kuchga kirdi

Endilikda:

- Transfert narxni belgilashda soliq nazoratini o‘tkazishda (shu jumladan, tahlil etiladigan bitimning va taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarini taqqoslash chog‘ida) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinadigan yoki so‘rovga ko‘ra, taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining bojxona statistikasidan foydalanadi.

* O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar, deb e’tirof etiladi.

* Bojsiz savdo bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi.

* Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar soliq solishdan ozod etiladi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.