Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish jarayoni misollar asosida ko‘rsatildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari “Urgut erkin iqtisodiy zonasi”dagi korxonalarning bosh hisobchilari uchun elektron hisobvaraq-fakturalar tizimidan foydalanishga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazdi.
Unda ishtirokchilarga elektron hisobvaraq-fakturalar tizimidan foydalanish, rasmiylashtirish, saqlash va ularni himoyalash tartib-qoidalari atroflicha tushuntirildi. Ushbu elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish jarayonlari aniq misollar asosida ko‘rsatib berildi.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.