Jasorat va sadoqat bayrami

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tuman hokimligi va tuman Mudofaa ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun bayram dasturxoni tashkil qilindi. Tadbirni tuman hokimi D.Musinov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

Bayramga, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, o‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Lola Eltoyeva va boshqa taniqli aktyorlar tashrif buyurib, Vatan himoyachilari kuni bilan "Barcha O‘zbekiston ahliga, shu jumladan payariqliklarga bayram muborak bo‘lsin" - deb o‘zlarining bayramona chiqishlari orqali yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Bayram tadbiri tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan yangragan sho‘x kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Shirinboy MAMADALIYeV.