Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyatimiz jamoasi Tataristondagi basketbol bo‘yicha turnirda g‘olib bo‘ldi

Avval xabar qilganimizdek, Tatariston Respublikasining Qozon shahrida sport ustasi V.V.Levchenko xotirasiga bag‘ishlab 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida an’anaviy xotira turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan viloyatimiz vakillari – Samarqand shahri va jomboylik qizlardan iborat jamoa birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

- O‘n ikki nafar qizlarimiz yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasini amalda namoyon qildi, - deydi jamoa rahbari, Samarqand shahar 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori Shavkat Bozorov. – Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Uniks akademiyasi qizlari bilan o‘tgan bellashuv eng qiyin o‘yin bo‘ldi. Ammo yakunda qizlarimiz nimalarga qodir ekanligini amalda isbotlashdi.
Vesal Vagifovich Samedov murabbiyligida musobaqa kubogini qo‘lga kiritgan jamoamiz diplom va medallar bilan taqdirlandi.