Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

1-4-kurslar universitetga qatnab (a’anaviy) o‘qishi, 2-3-kurslar esa onlayn o‘qishi rostmi?

AOKA press-xolida tashkil etilgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov «Talabalarning onlayn yoki qatnab o‘qishini OTMlarning o‘zi mustaqil hal qila oladimi?» kabi savollarga javob qaytardi:

— Oliy ta’lim vazirligi poytaxtda turib barcha oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlarini aniq belgilab bera olmaydi. OTM imkoniyatini o‘zining rahbariyati yaxshi biladi. Shuning uchun bu vakolat rektorlarga berilgan.

Masalan, Farg‘ona davlat universiteti 1-4-kurslarni an’anaviy (qatnab) o‘qishga jalb qilayotgan bo‘lsa, buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Tan olish kerak, bugungi kunda ko‘pchilik 1-kurs talabalari oliy ta’lim muassasasiga kirganini his qilgani yo‘q.

Davlat granti yoki to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan. Lekin OTMning qayerdaligini bilmaydigan talaba-yoshlarimiz bor. Shu bois ularni oliy ta’limda tahsil olish jarayoni bilan tanishtirish va ularda talabalik hissini uyg‘otish maqsadida birinchi kurslar «an’anaviy»ga jalb qilingan.

Bitiruvchi kurslar ham amaliyot davriga ketadigan fursati yetgan. Shu sababli bitiruvchi kurslarni jalb etish OTM tomonidan belgilangan.

Ammo shuni aytib o‘tish kerakki, OTMlar imkoniyati va moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, barcha kurslarni navbat bilan, ketma-ketlikda an’anaviy ta’limga (qatnab o‘qishga) jalb etadi.

Bunda OTMdagi talabalar sonini ham hisobga olish kerak. Ayrim OTMda 3000 talaba bo‘lsa, ayrim OTMning bitta kursida 5000 talaba bor. Bunday holatlarda ham kurslarning an’anaviy yoki onlayn o‘qishini OTMning o‘zi hal qiladi.