Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

1 sentyabr kuni Belarus talabalari norozilik namoyishiga chiqdi

1 sentyabr - bilimlar kunida bir qator Belarus oliygohlari talabalari norozilik namoyishiga chiqdi. Huquqni muhofaza qilish idoralari ularning namoyishiga qarshilik qilmadi. Biroq tartibsizliklarning oldini olish maqsadida ular nazorat qilindi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.

Oradan bir muddat vaqt o‘tganidan so‘ng huquqni muhofaza qilish xodimlari talabalardan uylariga tarqalishlarini so‘rab, bir necha bor murojaat qildi. Ammo ular turli shiorlar bilan namoyishni davom ettirishdi.

Birozdan so‘ng namoyish joyiga avtobuslar bilan birga maxsus militsiya (OMON) xodimlari yetib keldi va talabalarni chekinishga majbur qildi.

RIA Novosti muxbirining so‘zlariga ko‘ra, u kamida ikki kishining hibsga olinganiga guvoh bo‘lgan.