Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

12 dekabr – Sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish xalqaro kuni

2012 yil 12 dekabrda Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida qabul qilingan rezolyusiyada barcha mamlakatlarda sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish, har bir inson dunyoning qaysi mintaqasida yashashidan qat’i nazar, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga chaqirilgan.

2017 yil 12 dekabr kuni Bosh Assambleyaning 72-sessiyasidagi qarorga asosan, ushbu kun Sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish  xalqaro kuni, deb e’lon qilingan va bu sanani BMTga a’zo barcha mamlakatlar hududida davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

Har yili 12 dekabr kuni dunyo bo‘ylab Sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish tarafdorlari nochor hududlarda yashayotgan aholining yashash sharoitini, ularning muammolarini keng jamoatchilikka yetkazish, tibbiy xizmat sifati va malakasini oshirish, bu borada hamkor tashkilotlar va homiylarni ko‘proq jalb etish maqsadida targ‘ibot ishlarini olib boradi.

Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi hukm surayotgan joriy yilda ushbu xalqaro kun “Har bir insonni himoya qilamiz!” shiori ostida o‘tmoqda.