Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

14 kunlik karantindan keyin poytaxtdagi katta savdo majmuasi ochildi

"O‘rikzor" savdo majmuasi o‘z faoliyatini qayta tikladi, deya xabar berdi Uchtepa tumani xokimligi.
So‘nggi bir necha kun davomida Uchtepa tumani hokimiyati tomonidan «O‘rikzor» savdo majmuasining qayta ishga tushishi bo‘yicha xavfsizlik choralarini ko‘rayotgan edi.

4 iyun kuni 14 kunlik karantindan keyin "O‘rikzor" savdo majmuasi qayta ochildi. Faqat qurilish materiallari bozori "Stroygorod" majmuasi bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, "O‘rikzor" savdo majmuasi 23 may kuni koronavirusga chalinish holati qayd etilgandan keyin vaqtinchalik yopilgan edi.