Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

14 millon so‘mga yaqin qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirib olindi

Hukumatimiz tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama rag‘batlantirish borasida bojxona sohasida qator imtiyoz va qulayliklar yaratib berildi.

Biroq ana shu berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, davlat byudjetiga bojxona to‘lovlarini belgilangan tartibda tushirish o‘rniga bojxona to‘lovlarini kamaytirish holatlari uchrab turibdi.

Xususan, Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi MChJlardan birining bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi N.S. MChJ nomiga xorijdan keltirilgan “Zapasnie chasti k tkatskim stankam” tovarini “Erkin muomalaga chiqarish” (IM-40) bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini “Samarqand” TIF bojxona postiga taqdim etadi.

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlar o‘rganilganda, bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan “Zapasnie chasti k tkatskim stankam” tovari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 sentyabrdagi F-5048-sonli Farmoyishi asosida “Qo‘shilgan qiymat solig‘i”dan noto‘g‘ri imtiyoz berilganligi ma’lum bo‘ldi.

Natijada jami 14 million so‘mga yaqin miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari qayta hisoblanib, davlat byudjetiga undirib olinishiga erishildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.