Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

16-qavatdan tushib ketgan samarqandlik fuqaroning jasadi ertaga O‘zbekistonga olib kelinadi

Avvalroq, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri, Primore tumanida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan R.X. fojiali tarzda halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar berishicha, marhumning jasadi Vatanga olib kelinadi.

"2020 yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston fuqarosi R.X. Sankt-Peterburg shahri Primore tumanidagi qurilish ob’yektining 16-qavatidan tushib ketib, vafot etgan.

Hozirgi vaqtda vatandoshimiz jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha zarur huquqiy va tashkiliy masalalar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal qilingan.

Ertaga, 12 yanvar kuni vafot etgan fuqaroning jasadini Samarqand shahriga olib kelish rejalashtirilmoqda", deyiladi agentlik xabarida.