Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

16 yoshga to‘lmagan bitiruvchilarga pasport olishda yengillik beriladi

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko‘ra:

✅ Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi (abituriyentga 10 kun muddatda pasport berilishi ko‘zda tutilgan).

✅ Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.

✅ Davlat personallashtirish markazi tomonidan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari beriladi va mavjud ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Davlat test markaziga taqdim etiladi (abituriyentga 5 kun muddatda fuqarolik pasport olishi ko‘zda tutilgan).

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanalida ma’lum qilindi.