Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

17 yil oldin jinoyat sodir qilgan ayol qo‘lga tushdi

Jinoyat sodir qilib, 17 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2003 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun tergov boshqarmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayol Termiz shahri, K.Shodmonov ko‘chasi, 45-“a” uyda yashovchi Karomat B. 2020 yilning 9 aprel kuni Jarqo‘rg‘on tumani hududida yashirinib yurganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Jinoyat sodir etgan ayol qilgan jinoyati uchun qonun oldida javobgarligini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasiga topshirildi.a