Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

18 yoshli qiz va er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

Kecha, 25 fevral kuni Farg‘ona viloyatida ikki xonadonda is gazidan zaharlanishdan vafot etish holati qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Birinchi holatda soat taxminan 07:30 larda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tuman, Puchug‘oy qishlog‘idagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 18 yoshli F.M. o‘z uyiga o‘rnatilgan sandalning tutashi oqibatida is gazidan zaharlanib kuyishi oqibatida vafot etgan.

Soat 13:00 larda esa Farg‘ona shahar Beglar MFYda istiqomat qiluvchi 38 yoshli M.X. va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i G.Q., yashash xonadonida is gazidan zaharlanish holati sodir bo‘ldi. Oqibatda M.X. hodisa joyida vafot etgan, G.Q. davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda.