Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

19 yoshli yigit 7 yashar qizning umriga zomin bo‘ldi

Kecha, 5 avgust soat 09:00 larda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 7 yashar qiz halok bo‘ldi.

Fuqaro 19 yoshli S.S. “KamAZ” rusumli yuk avtomashinasida Kitob tumani “Qaynar” MFY Qongi qishlog‘i hududining ichki yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan 7 yoshli Sh.A. (ayol)ni avtomashinasi bilan urib yuborgan.

Natijada voyaga yetmagan Sh.A., voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.