Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2 litrdan suv ichish, kechqurun yengil ovqatlanish – salomatlik garovi

Har bir insonning o‘z salomatligi haqida qayg‘urishi ko‘pgina kasalliklarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ko‘p ish qilish shart emas. Oddiygina sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, zararli illatlardan uzoqroq yurish lozim.

Hozirgi kunda aholi orasida yurak-qon tomir, xafaqon, qandli diabet kabi kasalliklar va ularning asoratlari eng yuqori foizlarda uchramoqda. Ularning oldini olish esa o‘z qo‘limizda. Buning uchun, avvalo, arterial qon bosimi, qondagi qand va xolesterin miqdorini doimiy normal holda bo‘lishiga ahamiyat berishimiz, yilda ikki bor tekshiruvdan o‘tkazib turishimiz hamda tana vaznini me’yorda saqlashimiz lozim. Shuningdek, ovqatlanish tarzini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, sog‘liq uchun zararli odatlardan voz kechish juda muhim.

Kundalik iste’moldagi suv miqdori 2 litrdan kam bo‘lmasligi, kechki 18:00 dan keyin yengil ovqatlanish va uyqu orasida kamida 3 soat vaqt bo‘lishiga ahamiyat berilsa, bu kabi kasalliklar ortga chekinadi.

Inson qancha ko‘p harakat qilsa, qon aylanishi yaxshilanib, to‘qimalar oziqlanishi faollashadi.

Manzura Xudoyberdiyeva,
 1-son shahar shifoxonasi bosh vrachi.