Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

20 ming AQSh dollarni chegaradan noqonuniy olib chiqayotgan fuqaro ushlandi

Bojxona xodimlari naqd xorijiy valyutalarni mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqilishi holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan shu kabi qonunbuzarlik holati o‘z vaqtida aniqlandi.

Qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro O‘.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va uning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida ushbu shaxs qora rangli sumkasi ichidagi ko‘ylak orasiga 20 ming AQSh dollarini ustamonlik  bilan yashirgancha olib ketmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Ammo uning bu nayrangi o‘ziga pand berdi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.