Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 15 oktyabr, №129) sonida o‘qing

Institutda o‘qib yurgan davrimizda o‘qituvchimiz - yaponiyalik sensey Yachi Mitsuri o‘zbek urf-odatlariga, an’analar, milliy qo‘shiqlarimiz, lapar va o‘lanlarga, ayniqsa, o‘zbek tilini o‘rganishga juda qiziqardi. O‘quv yili tugab u o‘z yurtiga ketayotganida men bilan shunday xayrlashdi: “Men sen-ga ya-pon ti-li-ni o‘r-ga-ta-man deb, o‘z-bek ti-li-ni o‘r-ga-nib ol-dim. O‘z-bek ti-li chi-roy-li til e-kan”.

***

Qo‘shrabot tumani hokimi H.Oqbo‘tayev:

- Qo‘shrabotliklar ilm o‘rganishga, kitob o‘qishga qiziqishi kuchli ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Boshqa joylarda ota-onalar farzandiga to‘la-to‘kis hayot yaratish uchun dang‘illama imoratlar qurib, zamonaviy mashinalar olib bersa, bu yerda har bir ota-ona orzu-havasni bolasiga yaxshi ta’lim-tarbiya berish, uni o‘qitishda deb biladi.

***

Haqiqatning ko‘ziga tik qarab xulosa qilaylik: yem-xashak yetarli emasligi, ozuqa yetishtiradigan, sotadigan xo‘jalik yo‘qligi, bir kilo kunjara 3500 so‘m, sheluxa 2500 so‘m, hatto to‘yimligi yo‘q kepakning kilosi 2000 so‘m bo‘lib turganda kim go‘sht uchun bo‘rdoqiga mol boqadi?

***

REGISTONDA KUZ: Ko‘ko‘par minorlar, gumbaziy qasr –

Qalblarni jo‘shtirgan jahongir so‘zi.

Haq, zamin sayqali qadimiy shahar,

Bunchalar betakror Samarqand kuzi.