Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2019 yil Davlat stipendiatlari

Samarqand davlat universiteti magistri Hasan Oripov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, talabalar – Asliddin Saidqulov Mirzo Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasiga, Jamshid Shamsiyev Islom Karimov davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Xudoyor Meliyev, Ja’farxon Isaxonov va Oybek Shavqiyev bakalavr yo‘nalishida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga munosib deb topildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi S.Ibragimova Islom Karimov nomidagi, M.Absamadova Navoiy nomidagi stipendiya sohibi bo‘ldi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalari - Yulduz Tilavova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, Dilnoza Shamsiyeva Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasiga, Feruza Kurbaniyazova Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga loyiq deb topildi.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabalari - Saodat Rahmatova, Adiba Haqqulova, Dilnavoz Boboxonova Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi  hamda Elyor Bozorov Islom Karimov davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.