Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2019 yil uchun haj ziyoratining narxi belgilandi

O‘zbekistonda 2019 yilgi haj mavsumi uchun sarf-xarajatlari smetasi bo‘yicha har bir ziyoratchidan olinadigan mablag‘ 33 million 300 ming so‘m etib belgilanibdi, deb yozmoqda Xushnudbek.uz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarning samaradorligini yanada oshirish, ziyoratlarni yuqori saviyada va tizimli tashkil etish hamda ushbu yo‘nalishda bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida farmoyish qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra «Haj» va «Umra» yo‘nalishida ko‘rsatiladigan xizmatlar narxini pasaytirish ham ko‘zda tutilgan edi.

Qayd etish kerak, 2018 yil uchun haj ziyoratining narxi 38 000 000 so‘m etib belgilangan edi.