Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2022 yilda Samarqand shahar “Suvoqava” tizimidagi xizmatlar kompyuterlashgan dastur asosida kuzatib boriladi

Fransiyaning “SUEZ” kompaniyasi va Samarqand viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida Samarqand shahrida qurilishi rejalashtirilayotgan yer osti yo‘llari, tunnellar atrofidagi kanalizatsiya hamda ichimlik suvi tarmoqlarining yaroqlilik holati, sifat darajadasini o‘rganish, tarmoqlarning yer usti qatlamini qazimasdan, zamonaviy texnologiyalar asosida aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, fransuz mutaxassislari bilan hamkorlikda 2022 yilda shahardagi barcha tarmoqlarning holati va xizmat ko‘rsatish jarayonini kompyuterlashtirilgan dastur asosida, onlayn tarzda kuzatib borish rejasi ishlab chiqilmoqda.

Mazkur zamonaviy usul ish unumi va sifatini yanada oshiradi, ortiqcha ovoragarchilik, tartibsizliklarga barham beradi.

Komiljon YuSUPOV,
Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK direktori.