Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

25 yoshli haydovchi avtomashina boshqaruvini yo‘qotishi natijasida YTH yuz berdi

Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan “Jizzax-Forish-Qizilcha” 4/R-36 yo‘lining 23 kilometrida joriy yilning 18 avgust kuni soat 13:10 lar atrofida yo‘l-transport hodisasi sodir etildi.

Samarqand viloyati, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi 1995 yil tug‘ilgan fuqaro A.Z. “Damas” rusumli avtomashinasini Forish tumani yo‘nalishida boshqarib kelayotib qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan va Jizzax yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli avtomashinaga urilgan.

Natijada, Jizzax yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan avtoulov yo‘lovchisi bosh miya chayqalishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.