Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

26 million so‘mga noqonuniy sotilayotgan simob savdosiga chek qo‘yildi

Bojxonachilar tomonidan navbatdagi qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida simob moddasining noqonuniy oldi-sotdisi bilan bog‘liq bir nechta holatlarning oldi olindi.

Xususan, tadbirda fuqaro B.K shartli xaridorga 3 kilogramm simob moddasini 9 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Bundan tashqari, Navoiy shahrida o‘tkazilgan yana bir tadbirda shartli xaridorga 30,7 gramm simob moddasini namuna tariqasida taqdim etib, keyinchalik idishi bilan umumiy og‘irligi 6,85 kilogramm bo‘lgan simobni 26 million so‘mga sotayotgan paytda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.