Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

27 aprel kuni Samarqand shahrida palov festivali bo‘lib o‘tadi

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berayapti.

Ushbu ajoyib tadbirni o‘tkazishdan maqsad festivalga tashrif buyuradigan mehmonlariga, sayyohlarga o‘zbek oshxonasining shoh taomi bo‘lgan palovning asrlar osha an’ana sifatida davom etib kelayotgani, tayyorlanish jarayonlari, shuningdek, uning xilma-xil turlarini tanishtirishdan iborat.

Hammamizga ma’lum, palov o‘zbek dasturxonining shoh taomidir.

Tadbir tashkilotchilari festivalni yanada qiziqarliroq qilib o‘tkazish maqsadida nafaqat Samarqand shahridan, balki mamlakatimizning boshqa hududlaridan ham eng mahoratli oshpazlarni taklif etishgan.

Festival tadbirlari Samarqand shahridagi "Hunarmandlar markazi"dagi, "Osh markazi"da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Samarqand shahrida 1 tonnalik osh tayyorlangan edi. Bu yilgi festivalda oshpazlarimiz qancha osh damlashar ekan?