Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

30 fevral qachon keladi?

Aytishlaricha, 30 fevral uydirma emas, kelajakda ana shunday kun kelishi mumkin ekan.

- Bir necha yil avval ommaviy axborot vositalarida tropik va kalendar yillarining bir-biriga muvofiq kelmasligi oqibatida 3328 yilga borib xatolar to‘planib, ortiqcha bir kun paydo bo‘lish haqida xabarlar tarqalgan edi, - deydi tarix fanlari nomzodi Aleksandr Bayramov «AiF» (2020 y 7-son) haftanomasida. – Ya’ni, amaldagi qoidaga binoan yana fevral jabr ko‘radi. Uni bir sutkaga uzaytirishga to‘g‘ri kelib kalandarga 30 fevral deb yozish lozim bo‘ladi.

Biroq Uran sayyorasi va infraqizil nurlanishni kashf qilgan astronom Uilyam Geshel hisob-kitobiga muvofiq, bu mutlaqo boshqacha tus oladi. Grigoryan kalendarini amalga joriy etish vaqtidan boshlab har 4000 yilda «Kabisa yiliga qarshi» ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, 5582 yildagina fevral atigi 27 kun bo‘ladi.

Hozircha esa 30 fevral tarixan bahs talab bo‘lib qolaveradi. Sovet davrida oylarning har bir haftasini 5 kunlik qilib kalendar tuzishga urinilgandi. Ammo bu amalga joriy etilmadi.