Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

37 yoshli erkak turmush o‘rtog‘i hamda maktab direktorini pichoqladi

Bosh prokuratura Surxondaryo viloyatidagi maktabda sodir etilgan suiqasd yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 5 oktyabr kuni soat 08:30 larda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 23-umumta’lim maktabida fuqaro B.Yu. (1982 yilda tug‘ilgan, ishsiz) turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan qorin sohasiga bir marotaba uradi hamda o‘sha pichoq bilan ularni ajratmoqchi bo‘lgan maktab direktori tanasining turli qismlariga uch marotaba pichoq bilan urib, ularni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.Yu.ga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmokda.