Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

417 nafar mansabdor korrupsiyaga yo‘l qo‘ydi. Shulardan 61 nafari prokuratura organlari xodimlaridir

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prokuratura organlarining 2019 yilning o‘tgan besh oyi davomidagi faoliyati natijalariga bag‘ishlangan matbuot konferensiyasi davom etmoqda, deb yozmoqda O‘zA.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilgani ta’kidlandi.

Joriy yilning o‘tgan davrida jami 417 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan 420 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 5 nafari respublika, 17 nafari viloyat va 262 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlab kelgan.

Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshevning qayd etishicha, ta’magirlikka yo‘l qo‘yganlarning 61 nafari prokuraratura organlari xodimlari bo‘lgan.

Mazkur jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 35 milliard 652 million 726 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Tergov jarayonida ushbu zararning 25 milliard 160 million 870 ming so‘mi yoki 70,5 foizi undirilgan.