Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

5 million qalbaki kupyuralarni ishlab chiqargan shaxslar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.S. qalbaki 1 million 550 ming so‘mni fuqaro S.X.ga “o‘tkazgan” vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Ushbu qalbaki kupyuralarni fuqaro E.S. tanishi O.O. bilan oldindan til biriktirib, kompyuter va rangli printerdan foydalangan holda tayyorlab kelayotganligi aniqlanib, jami 5 million so‘m bo‘lgan 50 000 so‘mlik qalbaki kupyuralar va boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan E.S. va O.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.