Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

50 yoshli fuqaro xiyobonda pichoqlab ketildi

Namangan viloyatida ikki tanishning xiyobondagi uchrashuvi pichoqbozlik bilan yakun topdi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar qildi.

Hodisa 7 mart kuni sodir bo‘lgan. 52 yoshli I.M. tanishi 50 yoshli B.N. bilan viloyatdagi O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan xiyobonda uchrashgan.

Bir ozdan so‘ng ular o‘rtasida o‘zaro nizo chiqqan. I.M. yonida olib yurgan pichoq bilan B.N.ning chap son qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. So‘ngra jinoyatchi hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda B.N. ko‘p qon yo‘qotib, voqea joyida vafot etgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida I.M. ushlangan va hozirda gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan.

Holat yuzasidan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (o‘limga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.