Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

73 yoshli erkak o‘z uyida yonib ketdi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd qilinishicha, 14 yanvar kuni soat 03:10 da Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasi, 30-uy, 12-xonadonda uyning 2 kvadrat metr maydoni yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 03:15 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 03:33 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida 78 yoshli erkak kishi halok bo‘lgan.

Yong‘in mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘in keltirgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.