Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

8 yashar o‘g‘lini 2 million so‘mga sotayotgan ayol qo‘lga olindi

Joriy yilning 5 fevral kuni Angor tumanida iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tuman bo‘limi, ichki ishlar bo‘limi, davlat xavfsizlik xizmati va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida Termiz shahrida yashovchi U.M. ismli ayolning qaramog‘idagi voyaga yetmagan o‘g‘li, 2012 yilda tug‘ilgan M.M.ni fuqaro O.B. ismli ayolga Angor tumanidagi oshxonalarning birida 2.000.000 (ikki million) so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan 13 fevral kuni U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.