Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

9 ming 684 nafar xodimga daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishda imtiyoz berildi

Prezidentimizning 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘imlar miqdori 25 foizga kamaytirilishi belgilandi.

Joriy yil 1 aprelidan boshlab mazkur imtiyozga to‘g‘ri keladigan viloyatimizdagi 197 ta korxonaga har oy uchun 49,9 million so‘mlik imtiyoz qo‘llanilib kelinmoqda.

Shuningdek, farmonga ko‘ra, 2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddatlari 2020 yil 1 avgustgacha uzaytirilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda mazkur imtiyoz viloyatning 9 ming 684 nafar jismoniy shaxslariga qo‘llanildi.

Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.