Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Abdumajid NURQULOV, Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari: “Faoliyatini yangicha yo‘lga qo‘ygan fermer ravnaq topadi”

- Zamon izlanishni, yangilikka intilishni talab qilmoqda. Endi fermer yangilik izlab, sohaning yutuqlarini o‘z faoliyatiga olib kirmasa, yuqori hosildorlikka erishmasa, kerak bo‘lsa o‘zi yetishtirgan mahsulotni o‘zi qayta ishlamasa biror natijaga erisha olmaydi.

Dala ishlarida hech qachon tanaffus bo‘lmaydi. Fermer to‘rt faslda ham birday ishlashi, ishchilarini ortidan ergashtira olishi, ularga imkoniyati, qobiliyatidan kelib chiqib, ish taqsimlashi zarur. Va, albatta, qo‘li ostidagi yuzlab ishchi bilan birga qishloqning mulkdori sifatida yana yuzlab kishini boqishi, ro‘zg‘or yuritishini ta’minlashi kerak.

Buning uchun fermerdan faoliyatiga innovatsion loyihalarni jalb etish, ishini yangicha yo‘lga qo‘yishi, dunyo bilan bo‘ylashish talab etiladi. Endi ana shunday fermer ravnaq topadi.