Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Abituriyentlarga qo‘lbola aloqa vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi

Bugun, 5 sentyabr kuni Samarqand viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati hamda xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida abituriyentlar test sinovlari jarayonida foydalanishi uchun qo‘lbola usulda maxsus yasalib, ichki kiyimlarga o‘rnatilgan aloqa vositalarini 100-200 AQSh dollaridan sotayotgan 29 yoshli U. ismli shaxs aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ichki ishlar boshqarmasi abituriyentlarni test sinovlarida foydalanish taqiqlangan buyumlarni o‘zlari bilan imtihonga olib kirmasliklari bo‘yicha ogohlikka chaqirdi.