Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Abituriyentlarni qiziqtirgan 10 savolga 10 javob

Savol. Hozirgi kunda test jarayoniga qatnashuvchi abituriyent orasida virus bilan kasallanganlari ham bor va ular uchun test jarayoni qay tarzda tashkil etiladi?
Javob: Har bir abituriyent test jarayoniga qatnashish uchun kelganda uning tana harorati tibbiyot xodimlari tomonidan o‘lchanadi, agar tana harorati 370 dan baland bo‘lsa, virus belgilari aniqlansa, ushbu abituriyentga dalolatnoma tuziladi va test sinovlari tugagandan so‘ng 4 chi kunida imkoniyat beriladi.

Savol. Agar imtihon 2 smenada o‘tkaziladigan bo‘lsa, javoblarni belgilash uchun alohida vaqt ajratiladimi?
Javob: Ushbu yilda test sinovlari boshlanishidan 15 daqiqa oldin tushuntirish beriladi (videoyo‘riqnoma qo‘yib ko‘rsatiladi). Abituriyentlarga test jaryonlarida umumiy holda bo‘yash va belgilash uchun 3 soatdan vaqt ajratiladi.

Savol. Biz hozirgacha abituriyent ruxsatnomasini qo‘limizga olmadik. Bu ruxsatnomani qaysi sanadan olishimiz mumkin, olis hududlarda yashovchilar test kuni va ruxsatnoma olishdan bexabar qolib ketmaydimi?
Javob: Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilangach, test sinovlari boshlanishidan 10 kun avval har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida abituriyent ruxsatnomasi shakllantiriladi va abituriyentlar Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) orqali ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilanganda, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. Bundan tashqari, har bir abituriyent ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatgan telefon raqamiga bu to‘g‘risida xabar beriladi.

Savol. 2020-2021 o‘quv yili kirish imtihonlarida test savollari litsey va kollej darsliklaridan olinadimi yoki maktab darsliklaridan olinadimi?
Javob: Savollar shunday shaklda tuziladiki, unda berilgan savollar mavzusi litsey va kollejlarda hamda maktablarda o‘tilgan bo‘lishi lozim.

Savol. Test savollarining oson va murakkablik darajasi va bu yilgi savollar xususida tushuncha bersangiz?
Javob: Testlar 4 xil turda – sodda savollar, o‘rtacha oson savollar, murakkabroq savollar va yuqori murakkablik darajasida belgilanar edi. Ikki yildan buyon juda murakkab savollar, ya’ni olimpiada ishtirokchilari uchun qo‘yiladigan savollar butunlay olib tashlangan. Bu yil sodda savollar 12 ta, o‘rtacha oson savollar 12 ta, 3 darajali murakkabroq savollar soni 6 ta bo‘ldi va yuqori murakkablik darajasidagi savollar endi yo‘q.

Savol. Test imtihonlarida shaffoflikni ta’minlash uchun qanday choralar ko‘rilyapti?
Javob: Abituriyentlarni kiritishda va shaxsini aniqlashda identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya, barmoq izi skaneri)dan foydalaniladi. Jarayonlar videokuzatuv ostida onlayn translatsiya qilingan holda o‘tkaziladi. Abituriyentlar va ularning ota-onalari test sinovlarini televideniya va https://test2020.uz/ sayti orqali onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

Savol: Test sinovi natijalarini hamda talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganligi bo‘yicha ma’lumotlarni qachon va qayerdan bilishimiz mumkin?
Javob: Abituriyentning test sinovida to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Savol. Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari qaysilar?
Javob: 1. Samarqand davlat universiteti – 75 325 nafar, shundan 32 903 nafari kunduzgi, 4 380 nafari kechki, 38 042 nafari sirtqi;
2. Qarshi davlat universiteti – 58 118 nafar, shundan 24 432 nafari kunduzgi, 33 686 nafari sirtqi;
3. Andijon davlat universiteti – 57 498 nafar, shundan 28 387 nafari kunduzgi, 29 111 nafari sirtqi;

Savol. Tanlov ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari qaysilar?
Javob: 1. Andijon tibbiyot instituti – 1 o‘ringa 27,81 ta;
2. Toshkent davlat yuridik universiteti – 1 o‘ringa 24,35 ta;
3. Toshkent tibbiyot akademiyasi – 1 o‘ringa 24,2 ta;
4. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali – 1 o‘ringa 22,58 ta;
5. Navoiy davlat konchilik instituti – 1 o‘ringa 19,5 tani tashkil etdi.

Savol. Abituriyent test sinovlarida ishtirok etish uchun kelganida undan qanday hujjatlarni ko‘rsatish talab etiladi?
Javob: Abituriyent test sinovlarida belgilangan vaqtda ishtirok etish uchun pasport va abituriyent ruxsatnomasi talab etiladi.

Davlat test markazi
Samarqand viloyati bo‘limi.