Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Adolat» SDP hukumatga oliy ta’lim bo‘yicha takliflar yubordi

«Adolat» SDP hukumatga oliy ta’lim sohasi bo‘yicha takliflar yubordi.

“Adolat” SDPdan saylangan deputatlar joylarda fuqarolar bilan o‘tkazgan yuzma-yuz muloqotlarida aholi tomonidan islohotlar natijasi yuzasidan ijobiy fikrlar bildirilmoqda. Shu bilan birga muloqotlar jarayonida fuqarolar tomonidan bugungi kunda bir qator dolzarb bo‘lib turgan masalalar ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, respublikamizning olis tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi, kundalik daromadi bugungi kunda cheklangan fuqarolar tomonidan farzandlarining oliy ta’lim olishi bilan bog‘liq muammolar qo‘yilmoqda. Ushbu masalalar pandemiya davrida o‘ta muhim bo‘lganini hisobga olgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiyasi hukumatga bir qator takliflar taqdim etdi:

“Адолат” СДП Ҳукуматга олий таълим соҳаси бўйича  таклифлар юборди

Birinchidan, birinchi mutaxassisiligi bo‘yicha kunduzgi oliy ta’limda o‘qigan va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha sirtqi ta’limga hujjat topshirgan, ayniqsa, pedagogika sohasi bo‘yicha abituriyentlar uchun imtihon va suhbatlar o‘tkazmasdan, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘yish. Ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda oliy ta’limga ega pedagogik kadrlar yetishmasligi aniq, faqat o‘rta maktab tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning 40 foizga yaqinini o‘rta maxsus ma’lumotga egadir.

Ikkinchidan, pandemiyaning davriyligini inobatga olgan hamda xorijiy tajribaga asoslangan holda barcha OTMlarda talabalar uchun oyma oy to‘lov tizimini joriy etish hamda to‘lovni muayyan muddatga kechiktirib to‘lash imkoniyatini yaratish.

Uchinchidan, maxsus sirtqi ta’limni nafaqat pedagogika yo‘nalishida, balki barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun joriy etish maqsadga muvofiq. Bu bilan korxona va tashkilotlar uchun xodimlarining oliy ma’lumotli bo‘lishlariga imkon yaratiladi.

To‘rtinchidan, oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabul tizimini muayyan tuman va shaharlar uchun emas, balki cohalar ehtiyojidan kelib chiqqan holda tarmoqlar bo‘yicha joriy etishni yo‘lga qo‘yish. Hozirda bu tizim Respublikaning olis hududlarga zarur bo‘lgan tibbiyot va pedagogika yo‘nalishlari uchun joriy etilgan.

Beshinchidan, ta’lim tizimiga masofaviy o‘qish turini joriy etilishi sababli qo‘shni davlatlarda sirtqi va masofaviy ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning, bugungi pandemiya sharoitida, 2021-2022 o‘quv yilda o‘qishini yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishiga imkon yaratish.

Va oltinchidan, pandemiya davrini hisobga olgan holda 2020-2021 o‘quv yilida foizsiz ta’lim kreditini berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. Bunda Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida»gi qarorining birinchi bandida belgilangan imtiyozni, ya’ni nol foiz stavka bilan kredit ajratish tizimini joriy qilish.

O‘zbekiston «Adolat» SDP mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi, ko‘plab oliy ta’lim olish istagidagi yoshlarimizga qo‘shimcha imkoniyat yaratib berish bilan bir qatorda, hozirgi pandemiya davrida talaba yoshlarning bilim olishini uzluksiz davom ettirish imkoniyatini beradi, deb hisoblaydi", deyiladi xabarda.