Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘oniston janubida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston janubidagi Kandagar viloyatida bomba portlatilishi oqibatida 9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, besh nafari jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

“Bugun ertalab Argiston hududida, fuqaro avtomobili portlatib yuborilganidan so‘ng 9 kishi halok bo‘ldi va yana 5 nafar fuqaro jarohatlandi”, deyilgan xabarda.

Tolibon harakati voqea yuzasidan hozircha hech qanday izoh bildirmadi.