Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘onlar Samarqandga nega kelgan edi?

Afg‘oniston kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya 25-26 yanvar kunlari viloyatimizda mehmon bo‘ldi.

Delegatsiya a’zolari tashrifning birinchi kuni Samarqand shahridagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarni ziyorat qildi. 26 yanvar kuni esa viloyatdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, Samarqand shahridagi “Aziya metall proff”, “Prime ceremics” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, Past Darg‘om tumanida “Gamma” brendi ostida alyumin va plastik profillar ishlab chiqarayotgan korxona, Jomboy va Toyloq tumanlaridagi qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalariga tashrif davomida mazkur sub’yektlarning faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Viloyat investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i F.Majidov afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashuv chog‘ida Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyati, investitsiyaviy imkoniyatlari va eksport geografiyasi haqida so‘z yuritdi.

Mehmonlar tashrif davomida ko‘rsatilgan yuksak mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, Samarqanddagi korxonalar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladi.

U.HAMROQULOV.