Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afrikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Olimpiada boshqa vaqtga ko‘chirildi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2022 yili Senegal davlatida o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi yozgi Olimpiada o‘yinlarini 4 yil orqaga surishga qaror qildi.

Senegal Prezidenti M.Sall iltimosiga ko‘ra, musobaqalar 2026 yili mamlakat poytaxti Dakar shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Afrikadagi ilk Olimpiada o‘yinlarining ko‘chirilishiga koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan salbiy holatlar sabab bo‘ldi.

Bundan tashqari, 2020 yilgi Tokio Olimpiadasining 2021 yilga, 2022 yilda Pekinda o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlarining ko‘chirilishi ham bu qarorning qabul qilinishiga ta’sir qildi. XOQ qisqa vaqt ichida bir necha yirik musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati cheklangan, deb hisoblamoqda.

2010 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiada o‘yinlari ilk bor Singapurda bo‘lib o‘tgan edi. 2014 yilgi musobaqalar Xitoyning Nankin, 2018 yilda esa Argentinaning Buenos-Ayres shaharlarida tashkil etilgan.

Dilshod O‘TAMURODOV.