Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Afrosiyob” sotuvga qo‘yildi

Samarqand shahridagi “Afrosiyob Palas” DUK mehmonxonasi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali auksionga chiqarildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.

Ushbu mehmonxona uchun 5 475 205 190 so‘m boshlang‘ich narx belgilangan va bir qator shartlar kiritilgan.

Jumladan, 12 million AQSh dollari sarmoya kiritish, 100 ta yangi ish o‘rni yaratish, 2021 yil yakuniga qadar 280 nomerli, shundan kamida 1 tasi “Prezident nomerli” mehmonxona tashkil etish, bunda xizmat ko‘rsatish darajasini kamida 4 yulduzli xalqaro standart mehmonxonalarga mos keladigan me’yorlarga yetkazish lozim.

O‘rnatilgan tartibda arxitektura qoidalariga muvofiq rekonstruksiya qilish masalalarini Madaniyat vazirligi va YuNESKO bilan kelishish sharti bilan mulkiy majmuaga tegishli hududni zarur infratuzilma va avtoturargohni hisobga olgan holda obodonlashtirish kerak.

Barcha kreditorlik qarzdorliklarini to‘lab berish sharti qo‘yilgan.