Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Aholini ro‘yxatga olishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadi

- Ommaviy axborot vositalarida 2022 yilda mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi haqida aytilayapti. Bu tadbirni o‘tkazishda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash ham hisobga olinganmi?

Zamira EGAMQULOVA,

Samarqand tumani.

- Albatta. «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonunda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning hamkorlik yo‘nalishlari belgilab berilgan. Xususan, tadbirni tashkil etishning normativ-huquqiy xujjatlarini ishlab chiqish, metodologik va tashkiliy hujjatlarini qilish, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda xalqaro ekspertlarni jalb etish, axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish hamda savolnomalarni tayyorlashda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash ko‘zda tutilgan.

Bu borada respublika davlat statistika qo‘mitasi BMTning aholishunoslik jamg‘armasi, Yevropa iqtisodiy komissiyasi, MDH Statistika qo‘mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Savolga viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shodmon Toshpo‘latov javob berdi.