Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ai-92 markali benzin narxi yana arzonlashdi

“O‘zbekneftgaz» AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘yganligi haqida avval xabar berilgan edi.

2020 yilning 26 mart kunidan e’tiboran Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgandi. 29 apreldan esa bu mahsulotning narxi 5.500 so‘m deb belgilandi.

15 may kunidan boshlab Ai-92 markazi benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirildi va 5000 so‘m qilib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Ai-80 markali benzin “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 4000 so‘mdan sotilmoqda.

AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.