Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Aliment to‘lamagan otaga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sud hujjatiga asosan qarzdor K.N. tomonidan undiruvchi F.B.ning foydasiga 1 nafar farzandining voyaga yetguniga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment puli to‘lashi belgilangan.

Shunga qaramasdan K.N.ning 2016 yil 21 apreldan 2019 yil sentyabr oyiga qadar aliment bo‘yicha qarzdorligini qasddan to‘lamay kelayotgani aniqlandi. Bugunga kelib uning qarzdorligi 19 million 184 ming so‘mni tashkil etgan.

Qarzdor K.N.ga aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi bois Samarqand shahar ma’muriy sudining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47(4)-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Oybek QORABOYeV,

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi.