Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Alisher Navoiyning samarqandlik izdoshlari

Unda ishtirok etgan 16 nafar adabiyot ixlosmandi eng ko‘p g‘azal yod olish, g‘azalni  bexato va  ifodali o‘qish, g‘azal matnining nasriy bayoni (yozma sharhi)ni yarata olish, g‘azal matnidagi tushunish qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohlab berish kabi shartlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra,  nurobodlik Durdona Isarova birinchi o‘ringa, payariqlik Sevinch Sa’dullayeva ikkinchi o‘ringa, Samarqand shahrilik hamda ishtixonlik Sulfina Rashidova va Mehrangiz Abrayeva uchinchi o‘ringa loyiq topildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Sarvar Otamuratov tanlov g‘oliblarini tabriklab, bobomiz ijodini o‘rganish har birimizning burchimiz ekanligini ta’kidladi

 O‘ZMTDP SAMARQAND VILOYaT KENGAShI MATBUOT XIZMATI.