Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Andijonda 74 nafar tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon hokimi virus yuqqan 90 kishining 78 tasi tibbiyotchi ekanini bildirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu baënotni tasdiqlamadi” sarlavha ostidagi tarqalgan xabarlarga Andijon viloyati hokimligi izoh berdi.

Butun dunyoda tarqalayotgan koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish borasida yurtimizda ham keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunga asosan, Andijon viloyatida ham koronavirus infeksiyasining oldini olish borasida, belgilangan tartib asosida ishlar amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, viloyatda shu kunga qadar 102 nafar virus yuqtirganlar aniqlanib, shundan 74 nafari bevosita tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar (tibbiyot muassasasidan oylik olib ishlovchi shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim va xo‘jalik bo‘limi xodimlari), 15 nafari boshqa kasb egalari  va 13 nafari voyaga yetmaganlarni tashkil qiladi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratilib, barcha zarur dori-darmonlar, himoya vositalari bilan ta’minlangan.

Joriy yilning 13 aprel kuni 4 nafar bemor (1 nafar shifokor, 2 nafar hamshira 1 nafar kichik tibbiy xodim) sog‘aydi. 14 aprel holatiga Andijon viloyatida yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 98 tani tashkil etadi.

Karantinga olingan fuqarolar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib, dori vositalari va tibbiy buyumlar, dezinfeksiya va gigiyena vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlangan.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati pandemiya vaqtida, karantin qoidalariga amal qilgan holda uyda qolishingizni tavsiya etadi.