Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Andijondagi ko‘p qavatli uyda gazdan portlash sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portlaganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020 yil 9 dekabr kuni soat 01:00 larda Andijon shahar, Qo‘shariq dahasida joylashgan qo‘p qavatli uyning xonadonida tabiiy gaz to‘planib qolishi va ushbu xonadonda yashovchi ayol D.M. elektr chiroqni yoqib yuborishi oqibatida chaqnash kelib chiqqan va yashash uyining taxminan 30 kvadrat metr qismi yonib zararlangan.

Chaqnash tufayli turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan xonadondagi 3 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergov qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.