Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Anor insult va alsgeymer kasalligining oldini olishga yordam beradi

Diyetolog Yelena Solomatina «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida anorning noyob va foydali xususiyatlari haqida gapirdi.

Anor qadim zamonlardan shifobaxsh dori-darmon sifatida foydalanilgan. Uning tarkibida turli foydali elementlar mavjud. Jumladan, qahrabo, limon, vino, olma, borat (bornaya) va shovul kislotasi mavjud.

Mutaxassisning fikricha, anor tarkibida mavjud antioksidant va kislotalar yallig‘lanishga qarshi malham sanaladi. Shuningdek, meva yurak-qon tomir tizimi hujayralari nobud bo‘lishi va infarkt, insult kabi kasalliklarning oldini oladi, qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Anor qon bosimini tushiradi, shuning uchun gipertoniyada uning foydasi katta. Anor organizmdan radioaktiv modda va toksinni haydaydi, ularning salbiy ta’sirini yo‘q qiladi va jigarni davolaydi.

«Qon tomirlaridagi degenerativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq kasalliklar, xususan, miya va alsgeymer kasalligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi. Ya’ni, anor aql zaifligini erta rivojlanishiga yo‘l qo‘ymasligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, turli shishlarga qarshi ta’sirga ega. Ayniqsa, ko‘krak bezi saratoni bilan bog‘liq, - deydi diyetolog. - Anorning foydali xususiyatlarini to‘laqonli «ish berishi» uchun mevani har kuni to‘rtdan birini yoki 30 gramm sharbatini iste’mol qilish kerak. Sharbatga oz miqdorda suv qo‘shib yoki kam-kam ichgan ma’qul. Anorni tanlayotganda, «toji»ga e’tibor berish kerak. U quruq va mog‘orlanmagan bo‘lishi zarur».

G.Xoldorova tayyorladi.