Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh hukumati grin-kart berilishi qoidalarini qiyinlashtirmoqda

AQSh hukumati grin-kart berilishi qoidalarini qiyinlashtirdi. Bu haqda 12 avgust kuni Reuters agentligi xabar berdi.

Oq Uy matbuot hizmati, AQShga kelgan chog‘ida hukumatidan ijtimoiy nafaqa umid qiladigan muhojirlardan doimiy yashash huquqini beradigan grin - kartni rad etishga imkon beradigan qarorni e’lon qildi.

Endilikda Amerika amaldorlari grin-kart berilishi vaqtida AQShga bormoqchi bo‘lgan insonni “jamoat tashvishi” bo‘lmasligini aniqlashga harakat qiladi.

Yangi qonun 2019 yil oktyabr oyida kuchga kiradi. Ayni vaqtda so‘z keyingi uch yil ichida 12 oy davomida ijtimoiy yordam olgan muhojirlar haqida borayotgani ta’kidlangan.

Oldinroq NA REGNUM AQSh Prezidenti Donald Tramp grin-kart o‘yin lotoreyasini tanqid qilgani haqida xabar bergandi. AQSh hukumati har yili muhojirlar oqimi kam bo‘lgan davlatlar uchun lotoreya (grin-kart) o‘tkazadi. Lotoreyada ishtirok etish bepul, g‘oliblar tasodifan aniqlanadi va AQShda doimiy yashash va ishlash huquqiga ega bo‘ladi.