Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh Kongressi Turkiyaga yangi iqtisodiy sanksiya kiritish bilan po‘pisa qilmoqda

AQSh Kongressi vakillar palatasi kecha, 10 iyun kuni "Agar rasmiy Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa qurilmalarini sotib olishdan voz kechmasa, unga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash" haqidagi taklifini bir ovozdan qo‘llab quvvatladi.

Kogressning yangi sanksiyalari tavsiya ko‘rinishida bo‘ladi va bir tomondan Turkiya ularni majburiy bajarishi shart emas. Ammo, agar Turkiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llanilsa, Turkiya iqtisodiyotiga uning ta’siri sezilarli bo‘lishi mumkin.

Kongress qabul qilgan hujjatda Turkiya Rossiya S-400 zenit raketa majmualarini sotib olsa bu ish AQSh-Turkiya munosabatlariga putur yetishi va buning oqibatida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashishi, shuningdek Turkiyaning ushbu ishi NATOning ham kelgusi rejalariga aks ta’sir etishi ehtimoli haqida ham yozilgan.