Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh Turkiyaga berilgan savdo imtiyozlarini bekor qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaga berilgan va har ikki tomonlama amalda bo‘lgan savdo imtiyozlarini bekor qilish haqidagi qarorga imzo chekdi. Qaror bugun, 17 may kunidan kuchga kiradi. Bu haqda Oq Uy matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, Turkiya bir necha turdagi mahsulotlarni AQShga boj to‘lamasdan olib kirish imtiyoziga ega edi. Endi ana shu imtiyoz bekor qilinmoqda.

AQSh hukumati, agar rasmiy Anqara uning shartlariga rozi bo‘lganida bu savdo imtiyozlarini yanada kengaytirmoqchi edi. Ammo, Turkiya AQShning Rossiya qurollarini sotib olmaslik haqidagi asosiy shartiga ko‘nmadi. Shu sababli, endi o‘sha savdo imtiyozlari kengaytirilish o‘rniga, aksincha bekor qilinayapti.

Bu Turkiya iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.