Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Archa qurishiga nima sabab bo‘ladi?

«Archa unsimon» qurti zararkunandaning lichinka va urg‘ochilari archaning novdalari va barglarini so‘rib zarar yetkazadi va ular barcha yer ustki qismlari bilan oziqlanadi.

Kattaligi 2-3 millimetr bo‘lgan bu qurt sarg‘ish, qizg‘ish, kulrang tusda bo‘lib, mart-aprel oylarida paydo bo‘ladi. Ularning tuxum qo‘yishi may-iyun oylarida kuzatilib, o‘rtacha 280 tagacha tuxum qo‘yadi.

«Archa unsimon» qurtini avvalo, ichki karantin ahamiyatga molik zararkunanda sifatida ro‘yxatga olib, qurt tarqalgan joylar va hududlar aniqlanishi hamda bu joylardan archa ko‘chatlarini boshqa joyga ko‘chirish mumkin emas.

Zararkunanda bilan jiddiy shikastlanib qurish holatiga kelib qolgan daraxtlarni kesib, unsimon qurt keng tarqalmasligi uchun ularni o‘sha joyning o‘zida yoqish shart.

Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish (fosforli, azotli, mikroelementlar Master, Kropsheld, Vegrutlar bilan oziqlantirish) lozim.

Kimyoviy preparatlardan “Bi-58”, “Bagira”, va “Atilla”dan foydalanish tavsiya qilinadi.

Ushbu preparatlarni zararkunandalarning paydo bo‘lishi bilan birinchi ishlov o‘tkaziladi va zararkunanda butkul yo‘qolguncha har o‘n besh kunda kimyoviy ishlovlar olib borish kerak.

Akram FOZILOV,

viloyat O‘simliklar karantini

davlat inspeksiyasi axborot xizmati.